Bepul dori-darmon mahsulotlari berildi
Bepul dori-darmon mahsulotlari berildi

 

O‘zbekiston XDP Oltinko‘l tuman kengashi raisi U. Xolmatov tomonidan "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda" loyihasi asosida tadbir tashkil etildi.

43-oilaviy poliklinikada Maslahat mahallasining 25 nafar ayollari va 7 nafar bolalari chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida uch nafar ayolga viloyat klinikasida, voyaga yetmagan Abdulaziz Yoqubovga viloyat bolalar shifoxonasida davolanishi uchun yo‘llanma berildi.

Shuningdek, kam qon va boshqa kasalligi aniqlangan xotin-qizlarga bepul dori-darmon mahsulotlari berildi hamda ushbu poliklinikada yangi BPT ham tashkil etilib, 28 nafar shifokor va hamshiralar partiyamiz safiga kirishga arizalar topshirdi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish