Partiyamiz faoli "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi
Partiyamiz faoli

 

2020-yil 2-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, har yili 22-mart mamlakatimizda “Mahalla xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi. Mahalla tizimi xodimlarining mahorati, malakasi, mas’uliyati insonlarning, oilalarning taqdirida muhim o‘rin egallaydi.

Ana shunday ulkan vazifalarni sharaf bilan bajarishga kamarbasta bo‘lgan Buxoro viloyat Qorovulbozor tumani "Bo‘zachi" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, O‘zXDP tuman Kengashi deputati Gulnora Narziyeva "Mahalla xodimlari kuni" munosabati bilan "Do‘stlik ordeni" bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va partiyaning ko‘p ming sonli a’zolari nomidan Gulnora Narziyevani yuksak mukofot bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Keyingi ish faoliyatida kuch-quvvat, sihat-salomatlik tilaymiz.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Faxriy Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish