Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashidagi Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya, xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi tomonidan tuman hokimligi zalida Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda XDP deputati, xalq deputatlari tuman Kengashidagi doimiy komissiya raisi M. Xudoyqulova “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha ma’ruza qildi.
Davr shiddat bilan o‘zgarmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirgani va unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olingani ta’kidlab o‘tildi.
Bosh Qomusimizning xalqchil bo‘lishida xalq ovozi ustun turganligi, Yangilanayotgan Konstitutsiyadagi dasturilamal vazifalar slayd orqali tushuntirib berildi.