Navro‘z ayyomiga hamohang Beruniy tumanida 10 ehtiyojmand oila farzandlarining xayriya sunnat to‘ylari bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Komiljon Xojamuratov homiyligida «Shimom», «Tinchlik», «Obi hayot» va Navoiy ovul fuqarolar yig‘inidagi ehtiyojmand oila farzandlarining xayriya sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.
Har bir ota-onaning orzusi farzandi dunyoga kelgach uning baxtli kunlarini ko‘rish hisoblanadi. Sunnat va farz to‘ylarida quvonchiga sherik bo‘lishni istaydi. Bugun bu ota-onalarning orzulari ushaldi. Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan har bir amaliy ishlarimizda, deputatlarning o‘rni katta.
Xayriya sunnat to‘yida Beruniy tumani hokimi Atabayek Saparbayev, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Xalilla Yeshimbetov o‘z sovag‘alari bilan ishtirok etdi. Mamlakatimizda fuqarolarning ijtimoiy himoyasiga qaratilgan bugungi amaliy harakatlarimiz xalqimizning farovon turmushi, bugunidan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qiladi.