Yangilanayotgan Qomusimiz
Yangilanayotgan Qomusimiz

 

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy Komissiyasi hamda xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi tomonidan Qarshi shahar hokimligi majlislar zalida Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Unda xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zolari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, hokim yordamchilari va mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan doimiy komissiya raisi Yu. Ergasheva hamda Qarshi shahar partiya Kengashi raisi R. Murtazayevlar Qomusimizga kiritilayotgan yangi normalar va moddalar, har bir kiritilayotgan yangiliklarda xalq manfaati ustun qo‘yilayotganligi, yechimini kutib turgan masalalar bo‘yicha berilgan takliflar va ularning hayotimiz, turmush tarzimizga mosligi, ayniqsa, oila, ta’lim, sog‘liqni saqlash va gender masalalariga qaratilgan e’tibor xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Yakunda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha slayd namoyish etildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish