Yangilanayotgan Konstitutsiya targ‘ibotida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda
Yangilanayotgan Konstitutsiya targ‘ibotida xotin-qizlar faol ishtirok etmoqda

 

O‘zbekiston XDP Kitob tuman kengashi tomonidan tuman Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi majlislar zalida Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda partiya faollari, xalq ta’limi xodimlari va yoshlar ishtirok etishdi.

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi rahbari, Kitob tuman partiya Kengashi raisi Z. Norova so‘zga chiqib, Konstitutsiyada ta’limga e’tibor va kiritilayotgan o‘zgartirishlar, maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi va oliy ta’lim bo‘yicha olingan takliflar va ularning hayotiyligi, globallashib borayotgan zamonda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ta’limning o‘rni xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, “Oila” bobi va unga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, oila va ta’limning o‘zaro bog‘liq jihatlari to‘g‘risida ham tushunchalar berildi.

Tadbirda ishtirok etgan xalq ta’lim xodimlari ham Konstitutsiyaga berilgan takliflari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish