Davlat fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladi
Shahrisabz tuman hokimligida “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Imomova ishtirok etib, Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar borasida batafsil so‘zlab berdi.
Konstitutsiyada Davlat o‘z fuqarolarini himoyasiga olishi, O‘zbekiston ijtimoiy davlat etib belgilanayotganligi alohida tushuntirib o‘tildi.