Yangi Konstitutsiya bilan umummilliy taraqqiyot sari
Yangi Konstitutsiya bilan umummilliy taraqqiyot sari

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, deputat D. Imomova Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi bilan birgalikda Shahrisabz pedagogika kollejida “Yangi konstitutsiya bilan umummilliy taraqqiyot sari” shiori ostida yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

So‘z olganlar kiritilayotgan yangi normalar va moddalarda xalq manfaati ustun qo‘yilayotganligi, yechimini kutib turgan masalalar bo‘yicha berilgan takliflar va ularning hayotimiz, turmush tarzimizga mosligi, ayniqsa, oila, ta’lim, sog‘liqni saqlash va gender masalalariga qaratilgan e’tibor xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Bugun shuningdek, Qarshi tumanidagi Qovchin akademik litseyida "Chinakam xalq Konstitutsiyasi uchun ovoz beraylik" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda hamkor tashkilotlar, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va yoshlar ishtirok etishdi. Tuman Kengashidagi O‘zXDP guruhi rahbari P.Tuliyev so‘zga chiqib, yoshlarga kafolatlangan sifatli ta’limning konstitutsiyaviy-xuquqiy asoslari, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida tushuncha berdi.

Qamashi tumanidagi 12- sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasida esa O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan "Bu mening tanlovim - bu mening Konstitutsiyam!" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘z XDP guruhi a’zosi Mag‘firat Xudoyqulova, "G‘ishtli" MFY raisi N. Salamov, partiya faoli, faxriy o‘qituvchi U. Jonqobilovlar so‘zga chiqib, Konstitutsiyaviy islohotlar, asosiy qonunimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Tadbirlar so‘nggida barchani referendumda faol bo‘lishga chaqirildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish