Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Imomova Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shahrisabz tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda Shahrisabz Temurbeklar maktabida tashkil etilgan “Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostidagi davra suhbatida ishtirok etdi.
Targ‘ibot tadbirida yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar esa 275 tadan 434 taga ko‘payotgani, ya’ni Bosh Qomusimiz 65 foizga yangilanayotgani haqida ta’kidlab o‘tildi.
Deputat D. Imomova o‘z so‘zida yangi tahrirdagi Konstitutsiya yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishini, yangi kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi, Davlatning fuqarolar oldidagi mas’uliyati ko‘paytirilayotganini aytib o‘tdi.