Konstitutsiya – kelajagimiz poydevori!
Konstitutsiya – kelajagimiz poydevori!

 

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi "Suzuk ota" mahallasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muqaddas Raxmatillayeva, Aziz Ibragimov va tuman deputati Azamat Gulyamovlar tomonidan "Konstitutsiya – kelajagimiz poydevori" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyati haqida gapirilib, unga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning oddiy aholi hayotidagi ahamiyati xususida tushuntirib berildi.

Sergeli tumani Sofdil mahallasida Yangi Konstitutsiya xalkchil Konstitutsiya" mavzusida suhbat tashkil qilindi. Mahalla fuqarolari bilan muloqot chog‘ida Sergeli tuman deputati Xvan Zinaida, XDP faoli An Zoya Dmitrovna va Sergeli tuman Kengashi raisi D. N. Raxmonqulova tomonidan Yangi Konstitutsiyadagi o‘zgartishlar, unda Inson qadri ulug‘lanayotganligi, ijtimoiy yo‘nalishlarda bir kator yangiliklar kiritilganligi, uy-joy bilan ta’minlash masalasi, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida so‘zlab berishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish