So‘ngi yillarda mamlakatimizda yoshlarga ulkan imkoniyatlar va imtiyozlar yaratib kelinmoqda. Yoshlar uchun “Mard o‘g‘lon”, “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotlari joriy etildi.
Ijtimoiy ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar daftari” tizimi joriy etilib, yoshlarning muammolari tizimli ravishda hal etilmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning XIV bobi – Oila, bolalar va yoshlar etib belgilangan bo‘lib, yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi va bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilyapti. Davlat shu orqali o‘z zimmasiga muhim vazifalarni olmoqdaki, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun ham muhimdir.
Men o‘z kelajagim va tengdoshlarim kelajagiga befarq emasman.
30-aprel kungi Referendumda kelajagim uchun ovoz beraman.
Nurmurod Sirojov,
"Farg‘onaazot" AJ boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti va O‘zXDP a’zosi.