Yangi O‘zbekiston yoshlari, bunyodkorlik salohiyatiga ega, xalqimiz kelajagini tashkil etuvchi katta kuchdir. Shu bois, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchaytirilib, ularning huquq va majburiyatlari ro‘yobga chiqarilmoqda.
I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) akademik litseyida “Yangilanayotgan Konstitutsiya — yoshlarning yangi imkoniyatlari” shiori ostida yoshlar bilan o‘tgan uchrashuvda ana shular, xususan, yangilanayotgan Bosh qomusimizda yosh avlod vakillarining huquq va manfaatlari himoyasi nechog‘li kuchaytirilayotgani xususida ma’lumotlar berildi. Unda partiya mas’ul xodimlari, mahalliy kengash deputatlari va litsey talabalari ishtirok etdi.
Ma’ruzachilar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanayotgan Konstitutsiyada kiritilayotgan me’yorlarga batafsil to‘xtalishdi.
Tadbir so‘nggida 18 yoshga to‘lgan va referendumda birinchi marta ishtirok etadigan 40 nafar yoshlarga partiya esdalik sovg‘alari topshirildi hamda ularni 30-aprel kuni bo‘ladigan referendumda faol qatnashishga chorlab qolindi.