Toshkent shahridan delegatlar saylandi

 

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashining IX plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar va tuman kengashlari hamda partiya guruhlarining saylovdagi munosib ishtirokini ta’minlash, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining XIII Qurultoyiga Toshkent shahridan delegatlar saylash to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, partiya guruhi rahbari Eshmetova Nigora Asomidinovna so‘zga chiqib, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovda faol ishtirok etishini ta’minlash va ishlarni samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 7 ta yo‘nalish, 37 banddan iborat asosiy tadbirlarining kalendar Rejasida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida, o‘zaro hamjihatlik va ishchanlik ruhida ta’minlash lozimligiga e’tibor qaratdi.

Shundan so‘ng, partiya Qurultoyiga delegatlar saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan takliflar asosida 7 nafar delegat saylandi.

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish