Jizzaxlik delegatlar nomi ma’lum bo‘ldi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashining VI plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya viloyat kengashi hamda viloyat partiya tashkiloti taftish komissiyasi a’zolari, tumanlar va shaharlar partiya tashkilotlari rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, yoshlar va ayollar qanotlari faollari, hamkor tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Plenumda XDP Jizzax viloyat kengashi va partiya guruhlarining saylovdagi munosib ishtiroki to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritilib, partiyaning Qurultoyiga Jizzax viloyat tashkilotidan 7 nafar delegat saylandi.

 

 

 

Teglar

Plenum Saylov
← Roʻyxatga qaytish