Partiya qurultoyiga Qoraqalpog‘istondan delegatlar saylandi

 

Nukus shahrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashining VII plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika tashkiloti va partiya guruhlarining saylovdagi munosib ishtiroki to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi XIII qurultoyiga delegatlar saylash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Plenumni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov olib bordi.

Yig‘ilishda siyosiy partiyalar uchun yaratib berilgan teng huquq va imkoniyatlardan to‘la foydalanib, partiyaning dasturiy maqsad va g‘oyalari hamda uning elektorati manfaatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining munosib ishtirokini ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

Plenum ishtirokchilari tomonidan, partiyaning saylov kampaniyasini samarali o‘tkazishni ta’minlash borasida bir qator tashkiliy va mafkuraviy yo‘nalishda takliflar bildirildi.

Bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi plenumi tegishli qarorlarni qabul qildi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining XIII qurultoyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan delegatlar saylandi.

 

 

 

 

Teglar

Plenum Saylov
← Roʻyxatga qaytish