Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili mirobodlik saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning ishonchli vakili, partiyaning Toshkent shahar kengashi raisi Nigora Eshmetova Mirobod tumani “Inoqobod” MFYda istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ishonchli vakil N.Eshmetova saylovchilarga nomzod saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berdi.

Xususan, dasturda nazarda tutilgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti, tovar va xizmatlarning ijtimoiy maqbulligi, sud-huquq islohotlari kabi yo‘nalishlar yuzasidan saylovchilarni qiziqtirgan savollarga ishonchli vakil tarafidan asosli javoblar berildi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish