Prezidentlikka nomzodning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili uchrashuvlar o‘tkazmoqda

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Qizilgul Qosimova viloyat tumanlarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Birinchi uchrashuv Angren shahrida bo‘lib o‘tdi. Ishonchli vakil Qizilgul Qosimova yig‘ilganlarga prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturida belgilangan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Jumladan, dasturdagi yoshlarning kasb-hunar tanlashi, bepul ta’lim olishi, o‘quv muassasalarini tugatgandan so‘ng ishga joylashish kafolatini mustahkamlash tashabbusining naqadar ahamiyatli ekanligi borasida tushuntirishlar berdi.

 

Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Qizilgul Qosimovaning keying uchrashuvi Bekobod shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasida o‘tkazildi. Tadbirda Qizilgul Qosimova nomzodning saylovoldi dasturidagi tibbiyot sohasiga oid tashabbuslarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, dasturdagi tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy qilish va tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, shifokorlar tomonidan dorilarni tayinlashda elektron retsept tizimiga o‘tishning bugungi kun zaruriyati ekanligini alohida ta’kidladi.

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Qizilgul Qosimova bilan Qibray tumanidagi “Farxod Madad” MCHJda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ishonchli vakil saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturi haqida ma’lumotlar berarkan, dasturdagi iste’mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlar bilan to‘ldirish tashabbusi haqida atroflicha tushuntirishlar berdi. Ishonchli vakil bu tashabbusning amalga tatbiq etilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun kata imkoniyatlar eshigini ochishini qayd etdi.

Uchrashuvlarda saylovchilar tomonidan berilgan savollarga ishonchli vakil bafurja javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish