Prezidentlikka nomzodning Toshkent shahridagi ishonchli vakili saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Nigora Eshmetova Chilonzor tumanidagi “Bilim” axborot kutubxona markazida saylovchilar bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil Nigora Eshmetova saylovchilarga prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Jumladan, dasturdagi kam ta’minlangan, lekin, boqimandalik kayfiyatida yurgan fuqarolarni jamiyatimizning faol ishtirokchisiga aylantirish tashabbusi bo‘yicha keng tushuntirishlar berdi. Xususan, har bir inson o‘z hayotini yaxshilashi uchun doimiy harakatda bo‘lishi lozimligini ta’kidladi ishonchli vakil Nigora Eshmetova.

Uchrashuvda saylovchilarning dastur yuzasidan bergan savollariga ishonchli vakil bafurja javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish