Prezidentlikka nomzodning Samarqanddagi ishonchli vakili saylovchilar bilan uchrashdi
Prezidentlikka nomzodning Samarqanddagi ishonchli vakili saylovchilar bilan uchrashdi

 

O‘zXDPdan Prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatovning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Badriddin Nasriyev qo‘shrabotlik saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Badriddin Nasriyev yig‘ilganlarga avvalo nomzodning saylovoldi dasturidagi tashabbuslarning mazmun-mohiyatini tushuntirib, ma’ruza qildi.

Xususan, fuqarolik qonunchiligiga inson sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun yetkazilgan zararni qoplashga doir maxsus normalarni kiritish, fuqarolarning mehnat huquqlarini amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini va mehnat inspeksiyasining rolini oshirish tashabbuslari haqida atroflicha tushuntirishlar berdi. Shuningdek, bu tashabbuslarning amalga oshirilishi har bir saylovchining hayotida o‘z aksini topishini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv so‘nggida ham ishonchli vakil faollarni qiziqtirgan savollarga bafurja javoblar berdi.

 

 

 

Teglar

Saylov
← Roʻyxatga qaytish