Ayollarning murojaatlari tinglandi
Ayollarning murojaatlari tinglandi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi va Qarshi tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda "Ayollar bilan yuzma-yuz" loyihasi asosida tumandagi "Jumabozor" mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etdi.

Qabulda tumandagi "Dasht", "Xonyon", "Qoratepa", "Jumabozor", "Chulbuston" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi xotin qizlar murojaati o‘rganildi. Jami 27 nafar xotin-qiz bilan suhbat o‘tkazildi. Ularning 2 nafariga tuman tibbiyot birlashmasiga yo‘llanma, 12 nafariga huquqiy maslahat berildi, 13 nafar xotin-qizning murojaatlarini o‘rganib chiqish uchun muddat belgilandi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish