Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputati Gulnora Boymirzayevaning "Deputatlik qabuliga" "Maʼrifat"MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro, 1-guruh nogironi Nilufar Maxkamova murojaat qilib Guliston davlat universitetiga hujjat topshirgani va nogironlarga beriladigan imtiyozlar hisobida yoʻqligini maʼlum qilgan.
Shundan soʻng OʻzXDP Yangiyer shahar kengashi raisi A.Toshmatov hamda deputat G.Boymirzayevalar murojaat boʻyicha Guliston davlat universiteti qabul komissiyasi raisi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashdi. Masala joyida ijobiy hal boʻldi. Fuqaro N.Maxkamova nogironlarga beriladigan kvota roʻyxatiga kiritildi.
Shuningdek, murojaat "Mehr ulashing!" oyligi doirasida boʻlganligi sabab, ushbu fuqaroga deputat tomonidan muruvvat yordami ham koʻrsatildi.