Sogʻlom ona sogʻlom jamiyat demakdir
Sogʻlom ona sogʻlom jamiyat demakdir

 

Hayotda turmush yumushlarining koʻp qismi ayollar zimmasiga tushadi. Agar ayol hayotda ham jismonan, ham maʼnan sogʻlom boʻlsa, jamiyat sogʻlom boʻladi. Chunki, kelajakning mevasi boʻlmish farzandlar onalar sababli dunyoga keladilar. Shunday ekan, kelajak avlodning barkamol boʻlishi ayollarning har jihatdan yetuk boʻlishiga bogʻliqdir.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston XDP Asaka tuman kengashi tomonidan "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy eʼtiborda" loyihasi doirasida Amir Temur mahalla fuqarolar yigʻini hududida tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Tadbirda 23 nafar xotin-qizlar va 6 nafar bolalar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib kerakli dori-darmonlar bilan taʼminlandi. Ikki nafar bolalarga tuman tibbiyot birlashmasiga, ikki nafar ayollar Berdiqulova Roxilaxon va Joʻrayeva Naziraxonlarga viloyat klinikasida davolanishga yoʻllanmalar berildi.

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish