Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Amudaryo tuman kengashi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi partiya guruhi tomonidan "Qonunchilik yoshlar nigohida" loyihasi doirasida "Oq oltin" ovul fuqarolar yigʻinida yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi...
Uchrashuvda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda taʼlimga va sportni rivojlantirish, yoshlarni bilimli ilmli boʻlishlariga sharoitlar yaratilib berilayotganligi, yoshlarga doir qonunlarning mazmun-mohiyati, konstitutsiyaning mazmun-mohiyati hamda partiyaning maqsad va vazifalari keng turda tushuntirildi...
Asosiy maqsad, yoshlarning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, siyosiy bilim va koʻnikmalarini boyitish, shu orqali ularni jamiyatda faol qatlamga aylantirishdir.
Shu bilan birga qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni keng jalb qilish, qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida targʻib qilish masalalariga alohida urgʻu berildi.
Uchrashuv soʻngida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.