"Deputat mahallada" loyihasining koʻlami kengaymoqda
Xalq deputatlari Denov tuman kengashidagi OʻzXDP deputatlik guruhi aʼzolari SH.Qodirova va M.Abduraimovlar tashabbusi bilan tumandagi "Buyuk kelajak" mahalla fuqarolar yigʻinida amaliy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida, aniqlangan muammolar hal etilib, koʻplab fuqarolar, xotin-qizlar va yoshlarga amaliy yordamlar berildi.
Bundan tashqari, fuqarolarning murojaati va oʻrganishlar natijasida ushbu mahalla koʻchalarida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari boshlab yuborildi.
O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat
kengashi matbuot xizmati