Onalik va bolalik – Davlat muhofazasida
Joriy yilning 26-iyul kuni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Nurota tuman kengashi hamda "Yangi Hayot" mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan Oilaviy poliklinika hamkorligida "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy eʼtiborda" loyihasi asosida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.
Loyihani amalga oshirishdan maqsad aholi, xotin-qizlar va bolalarning salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarni erta aniqlash hamda oldini olishga qaratilgan.
Shu bilan bir qatorda shifokor mutaxassislar tomonidan mahallalar boʻylab sayyor koʻchma koʻriklar ham amalga oshirildi.
O‘zbekiston XDP Navoiy viloyat
kengashi matbuot xizmati