Fuqarolarning huquqiy xabardorligi oshmoqda
Oʻzbekiston XDP Yangiyer shahar kengashi huzuridagi Jamoatchilik qabulxonasiga "Maʼrifat" mahalla fuqarolar yigʻini, Orzu koʻchasi 11-uyda yashovchi fuqaro Obloqul Xudoynazarov uy-joy sotib olish uchun imtiyozli kredit yoki subsidiya ajratilishida amaliy koʻmak va huquqiy maslahat soʻrab murojaat qildi.
Murojaat yuzasidan tuman kengashi raisi A.Toshmatov va shu hudud deputati Gulnora Boymirzayevalar murojaatni oʻrganib chiqib, fuqaroga huquqiy maslahat berib, masalaning qonuniy yechimi boʻyicha tushuntirish ishlari olib bordilar.