"Deputat Mahallada" loyihasi doirasida
Maʼlumki, partiyamiz vakillari tomonidan aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish, yoshlarga kasb-hunar oʻrgatish, tomorqadan, berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanish boʻyicha koʻrilayotgan choralarga koʻmaklashish, kam taʼminlangan, boqimandalik kayfiyatida yurgan fuqarolar bilan targʻibot va amaliy ishlarini kuchaytirishga qaratilgan "Deputat mahallada", "Mahallada kambagʻal oilalar sonini kamaytirish" loyihalari amalga oshirilmoqda.
Xususan, xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi deputati Tabarak Roʻziyeva tashabbusi bilan Mirishkor tuman "Yangi hayot" mahallasida "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tomorqadan unumli foydalanishlari uchun suv nasoslari olib berildi.