Oʻquv seminarlari izchil davom etmoqda
Oʻquv seminarlari izchil davom etmoqda

 


Oʻzbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi tomonidan tizimdagi xodimlar uchun "Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun -mohiyati" mavzusida onlayn oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Unda Viloyat partiya kengashi xodimlari va "zoom" platformasi orqali shahar-tuman kengashlari raislari ishtirok etdilar. Oʻquv seminarini Oʻzbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi raisi Akmal Umaraliev kirish soʻzi bilan ochib berdi va olib bordi.

Seminarda soʻzga chiqqan Viloyat partiya kengashi boʻlim boshligʻi Moʻʼtabar Qozieva oʻquv ishtirokchilariga "Konstitutsiyaning" vujudga kelish tarixi, uning davlat tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimi, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, haqida hamda yangilangan Konstitutsiyaning ishlab chiqish jarayonlari, mazmun-mohiyati va undagi oʻzgarishlar xususida maʼlumot berdi.

Seminar soʻngida mazkur oʻquv seminar Boshlangʻich partiya tashkilotlari darajasida ham tashkil etilishi belgilandi hamda Oʻzbekiston XDP va uning barcha darajadagi deputatlik birlashmalari, partiya tashkilotlari asosiy qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini joylarda keng targʻib etishda faol boʻlishga chorlandi.

← Roʻyxatga qaytish