Kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi
Kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi

 

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Nishon tumani kengashi tomonidan tuman Axborot kutubxona markaziga 20 dan ortiq badiiy kitoblar toʻplami taqdim etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!" degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari Nishon tumanida doimiy ravishda olib borilmoqda.

- Tumanimizda eng birinchi boʻlib bir-biridan ajoyib kitoblar toʻplamini Xalq demokratik partiyasi Nishon tuman kengashi sovgʻa qildi, biz kutmagandik bagʻoyatda xursandmiz va Xalq demokratik partiyasi aʼzosi ekanligimizdan faxrlanamiz. Mustaqilligimizga katta sovgʻa boʻldi, - dedi kutubxona xodimlaridan biri.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish