Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda

     O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan joylarda davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

     Shunday davra suhbatlaridan biri O‘zbekiston XDP Shahrisabz shahar kengashi tomonidan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida Shahrisabz shahridagi “Vatanparvar” tashkilotida bo‘lib o‘tdi.
     Unda mustaqillikka erishishdagi qiyinchiliklar, mustaqillik sababli erishilgan yutuqlar, hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlarning hayotimizdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.
     Davra suhbati yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

← Roʻyxatga qaytish