«Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!»
«Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!»

O‘zbekiston XDP Xo‘jayli tuman kengashi tomonidan mustaqillik yillarida partiyamiz a’zolarining jamiyatimiz hayotidagi barcha siyosiy ijtimoiy jarayonlarda faol qatnashib, tub islohotlarni amalga oshirishda samarali faoliyat ko‘rsatayotganini keng targ‘ib qilish maqsadida Davlat Mustaqilliging 32 yilligi bayrami oldidan davra suhbati o‘tkazildi.

«Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» mavzusida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida so‘zga chiqqan partiyaning tuman tashkiloti raisi, tuman Kengashi deputati Quatbay Qurbanbayev mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va xalqimizning ertangi farovonligini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarda partiyamiz faollari va deputatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

← Roʻyxatga qaytish