Shukronalik – inson ziynati
Shukronalik – inson ziynati

 

Yangi O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shon-u shuhratiga mos holda munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida Respublikamizning barcha shahar, tuman va mahallalarida turli davra suhbatlari, uchrashuvlar va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston XDP Buxoro shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan davra suhbati 14-umumta’lim maktabida Havzi Nav va Xo‘ja G‘unjoriy mahalla faollari bilan bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan kengash raisi R. Kazimova Mustaqillik yillarida partiyamiz a’zolarining jamiyatimiz hayotidagi barcha siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda faol qatnashib, tub islohotlarni amalga oshirishda samarali faoliyat ko‘rsatayotgani to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Partiyamiz a’zosi, maktab direktori D. Abdullayeva ham bugungi kunda amalga oshirilgan ishlar, islohotlar va yutuqlarga to‘xtaldi.

Aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga qaratilgan dasturlarning ijobiy natijalarini tushuntirib berish, eng avvalo, ijodkorlar, jamoatchilik faollari, biz, xalq vakillarining vazifamizdir. Zero shukronalik – inson ziynati, baraka kalitidir.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish