Obod, koʻrkam, jozibali, rivojlanish shiddati fuqarolarining turmushida, har kungi yumushlarida va albatta chehrasida ufurib turgan Ona Oʻzbekistonim muborak 32 yoshing qutlugʻ boʻlsin.
Ona yurtim kundan kun, yildan yil iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy olami komillikka yuz tutib shiddat bilan taraqqiyot sari intilib jahon sahnida oʻzining munosib oʻrniga, salohiyatiga erisha oldi deb yuksak iftixor bilan ayta olaman.
Jahon ilmiy olamini uygʻonishiga beshik boʻlgan Oʻzbekiston bugun ulugʻ daryolar oʻz oʻzanini topganidek, islohotchi Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan keng qamrovli nafaqat ishlab chiqarishni balki har bir insonni tugʻilibdimi u munosib va baxtli emin-erkin yashashga haqli tamoyillari asosida jamiyatni huquqiy moddiy-manaviy olamini bus-butun yaxlit innovatsion rivojlantirishni muqaddas maqsad qilinganligi Yangi Oʻzbekiston barpo qilish uchun.
Jumaboy Rahmonqulov,
Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati.