Prezident Qarori ijrosi deputatlar nazoratida
Prezident Qarori ijrosi deputatlar nazoratida

 

Taxtako‘pir tumanida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi a’zolari Qabilbek Jaliyev va Ulbosin Izmurzayevalar Taxtako‘pir tumani Ko‘p tarmoqli poliklinikasida bo‘lib, partiya amaliy Harakat dasturida belgilangan masala - 2022 yil 25 apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi Qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

Shuningdek, deputatlar bu yerdagi bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati va ularga yaratilgan sharoitlar, dori-darmonlarning belgilangan me’yorda saqlanish holati bilan ham tanishdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish