Deputatlik nazorati
Deputatlik nazorati

 

Xalq deputatlari Shumanay tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi a’zosi Maxmud Yesengeldiyev tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi aholi murojaati asosida Shumanay tumani “Begjap” ovul fuqarolar yig‘ini “Guliston” aholi punktidagi eskirgan elektr ustunlarini yangi temir beton ustunlariga almashtirish va hududga qo‘shimcha 2 dona transformator o‘rnatish masalasida tuman Elektr ta’minoti bo‘limiga deputatlik so‘rovi chiqarilgan edi.

Natijada ushbu masala 2022-2023 yillarda tuman hududidagi elektr tarmoqlarini qayta rekonstruksiya qilish dasturiga kiritilib, Dastur doirasida 2023 yilda amalga oshirilishi belgilangan.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2023 yil 22 iyuldagi 1235-sonli Qarori asosida Shumanay tumani “Begjap” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

“Begjap” ovul fuqarolar yig‘ini hududida 306 dona temir beton ustunlarini o‘rnatish, 17 km. havo tarmoqlariga rekonstruksiya va 2 dona qo‘shimcha transformator punktini ishga tushirish belgilangan. Bu yo‘nalishdagi ishlar Shumanay tumani Elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan jadal suratlarda olib borilmoqda.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish