Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining poytaxtdagi «Shahidlar xotirasi xiyoboni»da qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimida aytgan soʻzlaridan ruhlanib, OʻzXDP Boyovut tuman kengashi, tuman «Nuroniy» boʻlimi hamda partiya deputatlik guruhi aʼzolari hamkorligida «Partiya oʻz elektorati himoyasi yoʻlida» loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir Navbahor mahallasi hududida istiqomat qiluvchi mehnat faxriylari, davr qurbonlarining oila vakillari, farzandlari, nevaralari va faol oʻspirin yoshlar davrasida oʻtkazildi.
Soʻzga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan amalga oshirilayotgan islohotlar, mustaqillik uchun, xalqimiz kelajagi uchun jonini tikkan qatagʻon qurbonlari, «paxta ishi», «oʻzbeklar ishi» boʻyicha nohaqliklarni yoddan chiqarmaslik va xalqimizning ertangi farovonligini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Hayajonli davra suhbat ishtirokchilarning savol javoblari bilan yakunlandi, Tadbir qatagʻon qurbonlari avlodlarining xotirasida abadiy qoladigan boʻldi.