Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Shahrisabz tuman kengashi tashabbusi bilan deputat B. Aliqulov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Toshbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolar qish kunlarida balonli gaz ta’minoti va ko‘mir bilan ta’minlash, ichki yo‘llarga qum-shag‘al to‘kish masalalari bilan murojaat qilishdi.

Sayyor qabul davomida mahallada yashovchi ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan, nogironligi bo‘lgan 8 nafar keksalar holidan xabar olindi va ularga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish