Uch avlod uchrashuvi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shahrisabz shahar kengashi, viloyat nuroniylar jamg‘armasi hamda Toshkent Kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali hamkorligida va majlislar zalida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” ezgu g‘oyasi asosida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’fiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda o‘sib kelayotgan kelajak avlodga o‘tgan tahlikali davrlar, qiyinchilik yillarini ko‘rgan nuroniylarimiz hozirgi mustaqillik davrining qadriga yetish kerakligini yorqin misollar orqali tushuntirib berishdi.

Erkin jamiyatda yashab, barcha orzu maqsadlariga erishib yurgan yoshlarimiz shukronalik hissi bilan yashashning ahamiyati xususida so‘zlab berdilar.

Tadbir davomida Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan Toshkent Kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali o‘qituvchilarini taqdirlash marosimlari ham bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar barcha mehmonlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Faxriy Deputat
← Roʻyxatga qaytish