Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda

 

«Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda» loyihasi doirasida O‘zbekiston XDP Guliston shahar kengashi tomonidan «Buyuk kelajak» MFY dagi oilaviy poliklinika filiali bilan hamkorlikda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, jumladan, yosh bolali ayollar va bolalarning turli kasalliklarga chalinishining oldini olish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Malakali mutaxassis shifokorlar jalb qilingan holda 20 nafar yosh ona va ularning bolalari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish