Tashabbuslar ayollar qalbiga ishonch va shijoat bag‘ishlamoqda

 

Farg‘ona politexnika institutida O‘zbekiston XDP "Faol ayollar" qanoti a’zosi, Shuhrat medali sohibasi, Farg‘ona shahridagi “Art house sadosh” MChJ rahbari Sadoqat Mirzayeva bilan talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

Uchrashuv avvalida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh. Dehkonov Prezidentimizning doimo ayollarni qo‘llab-quvvatlash, har tomonlama ko‘mak berishga qaratilgan tashabbuslari bugun minglab xotin-qizlarning qalbida ishonch, shijoat hamda minnatdorlik tuyg‘ularini uyg‘otayotganligini alohida e’tirof etib o‘tdi.

Muloqotda tadbirkor S. Mirzayeva faoliyati, muvaffaqiyat sirlari, o‘z tajriba maktabi bilan o‘rtoqlashdi. Motivatsiyaviy uchrashuvdan so‘ng institutda yangi tashkil etilgan muzey faoliyati bilan tanishtirildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish