Ellikqal’ada yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi

 

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, mavjud muammolarini aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va O‘zbekiston XDP Ellikqal’a tuman kengashi tomonidan Ellikqal’a tumani «Sharq yulduzi» OFY hududi aholisi bilan «Xalq bilan muloqot: muammolarning samarali yechimi» mavzusida sayyor qabul va ochiq muloqot tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida ushbu hudud aholisining murojaatlari tinglandi va murojaatlar yechimi yuzasidan deputatlar tomonidan vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, «Sharq yulduzi» OFY hududidagi 32-sonli maktabning 20 nafar o‘qituvchilari partiya a’zoligiga qabul qilinib, ularga partiya guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Yangidan qabul qilingan partiya a’zolari taklifi bilan «Sharq yulduzi» OFY da yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi.

 

 

 

Teglar

Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish