Deputat va yoshlar uchrashuvi
O‘zbekiston XDP Yangiyer shahar kengashi deputati Yusuf Samadov «Deputat va yoshlar» loyihasi doirasida «Binokor» mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida yoshlarga mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonun va me’yoriy hujjatlar va navqiron avlod vakillariga yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil tushuncha berdi.
Uchrashuv so‘nggida faol ishtirokchilarga kitoblar tarqatildi.