Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston XDP Uychi tuman kengashi tashabbusi bilan tuman tibbiyot birlashmasi hamkorligida Xizirobod oilaviy shifokorlik punktida “Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda” shiori ostida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ushbu tadbirda “Ezgulik”, “Xizirobod” mahallalari xotin-qizlar faollari tomonidan 30 nafardan ziyod yosh bolali, homilador, tug‘ish yoshidagi hamda keksa yoshdagi ayollar jalb etilib, ularning jamiyatda sog‘lom farzand dunyoga keltirishlari, o‘zlarining sog‘liqlarini doimiy nazorat qilib turishlari yuzasidan shifokor mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi. Tibbiy ko‘rik davomida kasalligi aniqlangan ayollarga davolanishi uchun dori-darmonlar va tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida partiya nizomi va dasturlarini yoqlovchi 10 nafar yoshlar partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish