Partiya safiga yoshlar qabul qilindi

 

O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashida Nukus shahar kengashi bilan hamkorlikda “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida talaba yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Loyiha doirasida partiya dasturiy maqsad va vazifalari to‘g‘risida tushuntirishlar berilishi bilan bir qatorda yutuqlarga erishayotgan yoshlar tengdoshlariga o‘zlarining faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Uchrashuv davomida davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar, ta’lim, sport va boshqa sohalarda olib borilayotgan ishlar, yoshlarga oid qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Partiya safiga yangi qabul qilingan yoshlarga partiya guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish