Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston XDP Uzun tuman kengashi raisi I.Musurmonov hamda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, partiyamiz faoli S. Gulboyevalar tashabbusi bilan “Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda” loyihasi doirasida 72-sonli oilaviy poliklinikada “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da turgan tibbiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va ehtiyojmand fuqarolar uchun malakali mutaxassislar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Unda qatnashgan 94 nafar fuqaroning 61 nafarida turli xil kasalliklar aniqlanib, 37 nafar bemorga ambulator sharoitda davolanishga, 21 nafar bemorga statsionar davolanishga, shundan 3 nafariga tuman sharoitida davolanish uchun tavsiya va yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, turli xil kasalliklar aniqlangan 5 nafar bemorlarga retsept orqali bepul dori-darmon tarqatildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish