Deputatlar fuqarolar sharoitlarini o‘rganmoqda
Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputati Irina Tokareva tomonidan "Bog‘ibo‘ston" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan fuqaro ahvoli o‘rganildi.
Xususan, ushbu xonadon egasining yashash sharoiti, xonadonning ahvoli o‘rganildi. Fuqaro bilan suhbatlashildi, mavjud muammolari tinglandi, hamda imkoniyat darajasida yordam ko‘rsatilishi aytib o‘tildi.