Nogironlarning huquqlari himoya qilinadi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirish» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, O‘zXDP viloyat kengashi raisi Z.Zoxidov olib bordi. U o‘z so‘zida mamlakatimizda 1 millionga yaqin nogironligi bo‘lgan fuqarolar borligi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mos mehnat faoliyati orqali turmush kechirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun zarur va raqobatbardosh sharoit yaratish, o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida his qilishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirib o‘tdi.