Partiya elektorati manfaati yo‘lida
Partiya elektorati manfaati yo‘lida

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi shahar va tumanlar kengashlari tomonidan partiya elektorati vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlar qalbida kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, “Partiya elektorati manfaati yo‘lida” loyihasi amaliyotga tatbiq etildi.

Loyiha doirasida aholi vakillari va yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, doimiy ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni tizimli asosda himoyalash singari dolzarb vazifalar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat va Samarqand shahar kengashlari, Samarqand shahridagi “KOICA” kasb-hunarga o‘qitish markazi tashabbusi bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand shahridagi o‘nga yaqin umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Qatnashchilarga markazning malakali mutaxassislari tomonidan axborot texnologiyalari, kompyuter grafikasi va multimedia tizimlari texnigi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish singari mavjud oltita yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar egallash uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlar zamonaviy asbob-uskunalar, amaliy-laboratoriya maskanlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Partiya maqsad va vazifalarini keng jamoatchilikka yetkazishdagi faol ishtiroki uchun partiyaning bir guruh a’zolariga Xalq demokratik partiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.


 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish