Shumanayda onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda
Shumanayda onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shumanay tuman kengashi tomonidan "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Loyiha doirasida xotin-qizlar va bolalar salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklarni aniqlash va oldini olish maqsadida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda 20 nafardan ortiq xotin-qizlar va 8 nafar bolalarning salomatligi o‘rganilib, zaruriy xulosalar va ko‘rsatmalar tavsiya qilindi. Kasalligi aniqlangan 1 nafar ayolga order va bepul dori-darmonlar berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish