Safimizdagi yoshlar
Safimizdagi yoshlar

 

O‘zbekiston XDP Andijon viloyat kengashi yoshlar sektori Marhamat tuman kengashi bilan hamkorlikda "Safimizdagi yoshlar" loyihasi asosida 2-son Kasb hunar maktabining yosh o‘qituvchilari va bitiruvchi kurs o‘quvchilari bilan muloqot uyushtirdi.

Tadbirda tuman kengashi Yoshlar qanoti raisi, tuman Yoshlar agentligi bosh mutaxassisi Ne’matillo Turg‘unboyev partiya safida erishgan yutuqlari haqida yoshlarga gapirib berdi.

Shuningdek, partiya faollari Firdavsbek Jobirov va Moxlaroy Xudoyberdiyevalar partiyalar faoliyati va ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, Yoshlar parlamenti, deputatlik saylovlari haqida batafsil tushuntirib berishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish